Патриотическое воспитание нашей молодежи - практический педагогический процесс

Патриотическое воспитание нашей молодежи - практический педагогический процесс

В статье описывается образ наших исторических национальных героев в воспитании молодых военно-патриотов с точки зрения системы практического педагогического процесса и предлагается им следовать примеру мужества наших национальных героев. Необходимость изучения выявленной проблемы характеризуется принятием решений через аксиологический подход как инструмент, сочетающий теорию управления и практику в достижении цели.

Авторы публикации

Рубрика

Педагогика

Журнал

Журнал «Научный лидер» выпуск # 33 (35), Октябрь ‘21

Поделиться

Vatanimiz tarixida o‘zining jasorati va vatanparvarligi bilan xalq mehrini qozongan, yurt taqdiri va kelajagi uchun qayg‘urgan, el ozodligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan shaxslarning nomi tarix zarvaraqalariga mangu muhrlangan. Mustaqillik tufayli xalqimiz o‘zligini tanidi, ulug‘ ajdodlarimizning tarixdagi o‘chmas jasorati va yuksak dahosi haqidagi asl haqiqat ro‘yobga chiqdi.

Buyuk bobolarimizdan “Zarfshon qoploni” Maxmud Torobiyning tarixiy siymosi, Vatan kabi muqaddas qo‘rg‘onni ko‘z qorachig‘idek himoya qilish yo‘lidagi o‘chmas jasorati va boy merosi xalqimiz, ayniqsa zamonamiz yoshlariga yuksak namuna bo‘lib xizmat qiladi. Uzoq vaqt mobaynida qadr-qimmati toptalgan, tarixiy ahamiyati qadrsizlangan sarkardalarimizning ulug‘ nomini tiklash, xotirasini abadiylashtirish, shuningdek, ajdodlar mardligi timsolida milliy g‘ururni yuksaltirish imkoniyati aynan mustaqillik sharofati bilan yuzaga chiqqani bejiz emas.

Yoshlarimizni tarixiy xalq kahramonlarimiz timsoli yordamida yondoshib, ularning vatanparvarlik tarbiyasida – shaxsni muayyan harbiy-sport harakatlariga qaratilgan amaliy-jismoniy, ijtimoiy-ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirish amaliy pedagogik jarayondir;

Yoshlarni harbiy xizmatda zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishi, harbiy xizmatga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar yig‘indisi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublika Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Sh.Mirziyoev “Bu yutuqlar nafaqat jismoniy, balki ruhiy va ma’naviy kuch natijasi, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Pahlavon Mahmud kabi buyuk ajdodlarimizga munosib o‘g‘lonlargina bunday zafarlarga qodir” ekani ta’kidlaganlaridek, ma’nan yetuk, mafkurafiy dunyoqarishi mustahkam bo‘lgan bo‘lajak vatanpavrvar yoshlar o‘z Vatanining taqdiri, uning rivoji va himoyasi uchun doim tayyor tura oladi. Shu bois ham bizning jamiyatimiz qalbi toza, imon-e’tiqodi mustahkam, halol-pokiza, go‘zal axloqli, xushmuomalali, ma’naviy barkamol insonlarni tarbiyalash masalasini bugungi kunning eng dolzarb vazifalari qatoriga kiritilgan. Shaxs, uning tarbiyasi har qanday jamiyatda bo‘lgani kabi bizning yurtda ham muhim o‘rin egallaydi. Shu o‘rinda mashhur Vatandoshimiz Abdulla Avloniy aytganlaridek: Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidur” – degan fikrlari bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan globallashuv jarayonlarining turli salbiy ta’sirlaridan himoyalanishning yagona yo‘li, yoshlarni zamon talablari asosida tarbiyalash zarurligini yana bir bor isbotlamoqda.

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari:

- ma’naviy;

- ma’rifiy;

- madaniy;

- ahloqiy-ruhiy.

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarning shakllari:

- ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik;

- ma’naviyat soati;

- tezkor axborot;

- kitob mutoolasi;

- savol-javob kechalari;

- viktorinalar;

- ekskursiyalar;

 -mavzuviy kechalar;

- “Mardlik va jasorat” darslari;

- uchrashuvlar (shoir va yozuvchilar, fan va madaniyat arboblari, faxriylar va yoshlar bilan); harbiy-vatanparvarlik aksiyalari;

- muzey va teatrlarga tashriflar;

- teleko‘rsatuvlar tomoshasi va muxokamasi;

- yakka tartibdagi suhbat;

- umumiy yig‘ilishlar;

- sport va intellektual uyinlar;

- ko‘rik-tanlovlar; yakunlar, taxliliy ishlarni o‘tkazish;

- ahloqiy-ruhiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari va mashqlari.

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarning usullari:

- ishontirish;

- rag‘batlantirish;

- namuna;

- mashq;

- musobaqa;

- tanqid, o‘z-o‘zini tanqid;

- majburlash.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning “Bizning tanimizda Amir Temur, Pahlavon Mahmud, Jaloliddin Manguberdi kabi bobolarimiz qoni oqmoqda. Biz shunga munosibmiz va shu munosiblikni har daqiqada butun xalqimizga, jahon ahliga tarannum qilishga shoshilishimiz kerak” degan fikrlari zamirida sharif shahar Buxoro zaminida shayxlik maqomiga ega bo‘lgan va shayxlikdan sultonlik[1] darajasiga ko‘tarilgan Maxmud Torobiydek ulug‘ bobokalonlarimizning barhayot siymosi yosh avlod qalbida cheksiz iftixor tuyg‘usini jo‘sh urdirayotgani, shuningdek bu ulkan mas’uliyat ekanini ham unutmaslik singari ezgu maqsad mujassam.

Maxmud Torobiy shaxsiyati, faoliyati va harbiy iste’dodi barcha davrlarda xalq uchun qiziqarli bo‘lib kelgan. O‘rta asrlarning ko‘plab mashhur muarrixlari bu mard ajdodimiz haqida maxsus asarlar yozishgan, tarixlarda jasoratini madh etishgan. Shayx va Sulton M.Torobiyning qahramonligiga barcha hukmdorlar havas qilishgan. Torobiyning bu qirralarini batafsil yoritish lozim.

Maxmud Torobiy shaxsiyati Vatan erkinligi yo‘lidagi qahramonligi va fidoyiligi, shuningdek bizning bugungi tinch va xotirjam hayotimizni asrab-avaylash, mamlakat taqdiriga dahldorlik hissi bilan yashashga da’vat etishini alohida ta’kidlash lozim.

Xalq qahramonlarimiz timsolida, yoshlarimizda yuksak ma’naviy-axloqiy, jismoniy va ruhiy sifatlarni shakllantirish maqsadida ularning ongi, tafakkuri va irodasiga ijobiy ta’sir etishga, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash bo‘yicha harbiy pedagoglar tomonidan maqsadli va tizimli ravishda amalga oshirilishi kerak.

Yoshlarimiz ma’naviyati tarbiyasi ularni ruhan poklanishi, qalban ulg‘ayishiga chorlaydigan, ularning ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezoni hisoblanidi.

Список литературы

  1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: O‘zbekiston, 2017.
  2. Uzoqov A.M. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining vatanparvarlik darajasini rivojlantirish. Uzluksiz ta’lim.2019, №1,-B.14.
  3. Suxomlinskiy V.A. Pavlыshskaya shkola. –T.: Pedagogika, 1964.-S.396
  4. Kulyutkin Yu.N. va G.S.Suxobskaya. Metodы issledovaniya pedagogicheskoy deyatelnosti. -M.: pedagogika, 1987.-S.90
  5. B.Axmedov. Mirzo Ulug‘bek. To‘rt ulus tarixi. T.: Cho‘lpon nashriyoti. 1994 y.

Предоставляем бесплатную справку о публикации,  препринт статьи — сразу после оплаты.

Прием материалов
c по
Осталось 2 дня до окончания
Размещение электронной версии
Загрузка материалов в elibrary